Zelenskiyning farmonida Vadim Pristayko diplomatik missiya rahbari va Ukrainaning Xalqaro dengiz tashkilotidagi doimiy vakili lavozimlaridan ozod etildi.
Avvalroq Pristayko Ukraina prezidentining Buyuk Britaniyaning qurol yetkazib bergani uchun minnatdorchiligi haqidagi so‘zlarini tanqid qilgan edi. Vilnyusdagi NATO sammitida Britaniya vaziri Ukraina G‘arb tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam uchun ko‘proq minnatdor bo‘lishi kerakligini aytgan edi. “Bilasizmi, biz Amazon emasmiz”, — deya ta’kidlagan edi Ben Uolles o‘sha paytda.
Bunga javoban, xususan, Zelenskiy Ukraina qanday qilib Buyuk Britaniya va G‘arbga o‘z minnatdorchiligini bildirishini tushunmasligini aytdi. “Hali ertalab uyg‘onib, vazirga rahmat aytishga ulguramiz”, — degan edi prezident.
Pristayko Sky News jurnalistining savoliga javob berar ekan, bu kinoyaning “sog‘lom” ekanligiga shubha bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, diplomat 2020-yil iyulidan beri Londondagi elchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.