Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 651 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,7 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
- Avtomobil benzini – 651 ming tonna
- Ko‘mir – 2,5 mln tonna
- Neft – 391,3 ming tonna
- Gaz kondensati – 608,4 ming tonna
- Avtobus – 383 dona
- Yuk avtomobillari – 1097 dona
- Avtomobil dvigatellari – 105 597 dona
- Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 161 975 dona