O’zbekiston Baxtiyor Saidov BMTning Afg’oniston bo’yicha maxsus koordinatori bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov BMTning Afg’oniston bo’yicha maxsus koordinatori bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg’oniston bo’yicha maxsus koordinatori Feridun Sinirliog’lu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o’zining telegram-kanalida xabar berdi.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg’oniston bo’yicha maxsus koordinatori Feridun Sinirliog’lu janoblari bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldik. Ushbu mamlakatdagi mavjud vaziyat va Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarni muhokama qildik. Shubhasiz, O‘zbekiston boshqa davlatlar qatorida Afg‘onistonning ravnaq topishidan juda manfaatdor”, – deb yozdi vazir.