O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha zarur imkoniyatlarni yo‘naltirishga kelishib oldilar.
“Qadrli birodarim, Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud Hazrati Oliylari bilan telefon orqali suhbatlashishdan ulkan mamnun bo‘ldik. Davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan yuksalish ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligimizni yanada yuqori darajalarga olib chiqish uchun barcha zarur imkoniyatlarini yo‘naltirishiga kelishib oldik”, – deb yozdi Baxtiyor Saidov telegram-kanaliga.