O’zbekiston Prezident iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlar amalga oshirilishini ta’kidladi

Prezident iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlar amalga oshirilishini ta’kidladi

“Yashil iqtisodiyot”, “yashil energiya” tamoyillari yanada keng joriy etiladi. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi bir necha barobar oshiriladi.

“Biz 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 160 milliard dollarga yetkazishdek juda katta marra oldik.

Bunga erishish albatta oson bo‘lmaydi. Lekin bu yo‘lda aniq hisob-kitoblarimiz, real imkoniyatlarimiz bor. Tabiiy boyliklarimiz, mehnat resurslarimiz, intellektual va ma’naviy salohiyatimiz, ish tajribamiz yetarli”, – dedi Prezident.