Iqlim muammolari, koronavirus pandemiyasi va global mojarolar, jumladan, Ukrainadagi urush tufayli yuzaga kelgan inqirozlar 2019-yildan beri dunyoda och odamlar sonini 122 millionga oshirdi.
Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ishtirokida tayyorlangan so‘nggi hisobotida aytildi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda 735 millionga yaqin odam ocharchilikka duch kelgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 613 mln bo‘lgan.
“Agar tendensiyalar shu tarzda rivojlanishda davom etsa, 2030 yilgacha ochlikka barham berish bo‘yicha barqaror rivojlanish maqsadiga erishib bo‘lmaydi”, — deyiladi hisobotda.