O’zbekiston “O‘zgidromet” 13-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 13-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 11-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 43-45 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.