O’zbekiston O‘zbekiston besh oyda 3,5 mln dollarlik muzqaymoq import qildi

O‘zbekiston besh oyda 3,5 mln dollarlik muzqaymoq import qildi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 158 tonnaga oshgan.

2023-yilning 5 oyida O‘zbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

  • Rossiya – 458 tonna
  • Qozog‘iston – 164 tonna
  • Belarus R. – 36 tonna
  • Qirg‘iz R. – 33 tonna
  • Estoniya – 27 tonna
  • Litva – 8,6 tonna
  • Fransiya – 7,4 tonna