Yangi o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 589 nafar talaba davlat buyurtmasi asosida o‘qishni boshlaydi.
Ularning 180 tasi davlat granti, 409 tasi to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlaridir.
Ma’lumot uchun, “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatga qabul faqatgina Toshkent tibbiyot akademiyasi va Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida amalga oshirilmoqda.