Kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyevning ishonchli g‘alabasi bilan bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari tomonidan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Xususan, Emomali Rahmon mamlakatimiz yetakchisini kuni kecha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlab, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qildi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon muloqoti davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Idoralararo muloqotlar faol kechayotgani, ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari o‘rtasidagi almashinuvlar samarali bo‘layotgani qayd etildi.
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko davlatimiz rahbarini Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlab, O‘zbekistonga katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.