O’zbekiston “O‘zgidromet” 10-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 10-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 10-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40 daraja, shimolda va cho’l hududlarda 42-44 darajagacha.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39 daraja.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.