Bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 10-maydagi “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini eʼlon qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 16-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu muhim siyosiy tadbirda Italiyada bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolari o‘zlarining Konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishgan holda o‘zlari munosib ko‘rgan nomzodni yoqlab ovoz berishmoqda.