O’zbekiston Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida joylashgan kemasozlik zavodida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz muddatidan oldin...

Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida joylashgan kemasozlik zavodida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ishtirok etdi

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Ulsan shahrida joylashgan “Hyundai Heavy Industries” kemasozlik kompleksi rahbariyati bilan uchrashuv hamda ushbu kompaniyada E-9 va E-7 vizasi asosida mehnat qilayotgan fuqarolarimiz uchun seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

250 nafardan ortiq vatandoshlarimiz ishtirok etgan ushbu seminarda yurtimizning iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy sohalariga oid mavzular haqida so‘z borib, amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Koreya Respublikasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari bo‘yicha zarur tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, vakolatxona vakillari tomonidan Koreya davlatida E-9 vizasi asosida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan ko‘rilgan choralar hamda Vakolatxona faoliyati va vazifalari bo‘yicha atroflicha maʼlumot berildi.

Bundan tashqari, vakillar tomonidan 2023 yil 9 iyul kuni mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Prezidenti saylovi o‘tkazilishi haqida maʼlumot berildi va ushbu hududda tashkil etilgan muddatdan avval ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.