O’zbekiston Har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” tashkil qilinadi

Har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” tashkil qilinadi

Jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalar haqida ma’lumot berdi.

“Har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi”ni tashkil qilamiz. Ushbu markaz yoshlarimiz uchun chinakam “loyihalar fabrikasi” bo‘ladi va unga erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi.

Ushbu Markazda loyiha ofislari joylashtirilib, yoshlar g‘oyalarini “tayyor biznes”ga aylantirishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, Markaz hududida sanoat zonalari va “startap” loyihalari uchun kovorking maydonchalari bo‘ladi.
Tumanlardagi jami 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga esa, Markazlarning filiali maqomi beriladi va ularda “loyiha guruh”lari ish yuritadi”,  dedi nomzod.