O’zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakillari mehnat migrantlari holidan xabar olmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakillari mehnat migrantlari holidan xabar olmoqda

Xususan, Agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari Nijegorodskaya viloyatidagi “Олмеко”, Tula shahrida qurilish ishlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz hamda ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etdi.

Muloqot davomida fuqarolarga Agentlik tomonidan ularga ko’rsatilagan yordamlar to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek, qonuniy ishlash tartiblari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shu bilan bir qatorda, Yekaterinburg shahrida ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqaroning M.N 21 ming rubl oylik maoshi ish beruvchidan undirib berildi.