O’zbekiston Kelgusi yetti yilda Jizzaxda 85 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi

Kelgusi yetti yilda Jizzaxda 85 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi

Kelgusi yetti yilda Jizzaxda 85 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Xususan, allergologiya, urologiya, neyroxirurgiya kabi 12 ta ixtisoslashgan markaz filiallari ishga tushiriladi. G‘allaorol va Paxtakorda tumanlararo perinatal markazlar ochiladi.

Bundan tashqari, viloyatda bolalar yurak jarrohligi yo‘lga qo‘yiladi. Buning hisobiga, har yili 500 nafardan ziyod yurak nuqsoni bor bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkaziladi”, – dedi nomzod.