Prokuratura AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar O.I. va X.N. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 17 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.