Prokuratura Qashqadaryoda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Qashqadaryoda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. va boshqalar fuqarolar N.Sh. va I.B.ga “V.S.” toifali haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.A.” UK avtomaktabi hisobchisi A.E. fuqaro D.U.ga “V.S.” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 6,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R. fuqaro M.R.ga tanishlari yordami haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.