O’zbekiston Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlarning jazosi bekor qilindi, ish qaytda ko‘rib chiqiladi

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlarning jazosi bekor qilindi, ish qaytda ko‘rib chiqiladi

Farg‘onada erkaklar mushukni tiriklayin yoqib yuborishgani haqda xabar bergan edik.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, yuqoridagi holatga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi bilan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilingan.

Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilindi.

Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) hamda 189-1-moddasi (Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilishi ta’minlandi.