O’zbekiston Oliy Majlis Senatida “Yoshlarga sifatli taʼlim berish hamda taʼlim sifatini nazorat qilishning...

Oliy Majlis Senatida “Yoshlarga sifatli taʼlim berish hamda taʼlim sifatini nazorat qilishning qonuniy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Joriy yil 20-iyun kuni Oliy Majlis Senatida “Yoshlarga sifatli taʼlim berish hamda taʼlim sifatini nazorat qilishning qonuniy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Senatning Fan, taʼlim ва sog‘liqni saqlash masalalari hamda Xotin-qizlar vа gender tenglik мasalalari qo‘mitalari aʼzolari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamtnti aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, qo‘mita ekspert guruhi а’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishidan biri etib – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish belgilangan. Bunda oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish ва taʼlim sifatini oshirish ustuvor maqsadlardan biri sifatida ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda taʼlim sifatini oshirish, xususan, oliy taʼlimning o‘ziga xos muammolari vа istiqboldagi vazifalar, taʼlim sifatini nazorat qilish tizimida baholashning holati, respublika adolatli vа shaffof baholashlar holati kabi masalalarga to‘xtalib o’tdi.

So‘nggi yillarda oliy taʼlim tizimida asosiy e’tibor talaba-yoshlarimizning taʼlim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Natijada, o‘tgan 7 yil mobaynida oliy o‘quv yurtlari soni 77 tadan 210 taga yetdi, ularga qabul 3,5 baravarga ortdi. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirildi.

Taʼkidlanganidek, yoshlarga sifatli taʼlim berish ва taʼlim sifatini nazorat qilish, xotin-qizlarni oliy taʼlim vа kasb-hunar egallashlari учун yana-da ko‘proq sharoitlar yaratish yo‘nalishida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlarni taʼlimga jalb qilish qamrovi oshirilgani bilan bir qatorda, sifatli taʼlim berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kuzatilayotgan ayrim muammolar o’z yechimini kutmoqda.

Xususan, pedagogika sohasidagi oliy taʼlim muassasalari o‘rganilganda pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha talabalarning mutaxassislik fanlaridan bilim, ko‘nikma ва malakalari davlat taʼlim standartlariga mos bo‘lishi uchun ularda pedagogik kompetentlikni rivojlantiruvchi amaliy fanlar yetishmasli maʼlum bo‘ldi.

Professor-o‘qituvchilarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Professor-o‘qituvchilarining kasbiy bilim ва kompetensiyalarini xalqaro standartlar asosida attestatsiyadan o‘tkazish yo’lga qo’yilmagan.

Muhokama mobaynida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llab, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda mamlakatda yoshlarga taʼlim berishhamda taʼlim sifatini nazoratqilish tizimi yana-da rivojlantirishga qaratilgan takliflar berildi.

Davra suhbati yakunida bildirilgan takliflar asosida tavsiyalar qabul qilinadi.