O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklariga bordi. Vazir tashrifini energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiy bilan uchrashuvdan boshladi.
“Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifimizni bugun Abu Dabi shahrida Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al-Mazruiy Janobi Oliylari bilan uchrashuvdan boshladik. Qayta tiklanuvchi energiya, neft-kimyo, savdo yo‘llari bo‘yicha aloqalarimizni yanada kengaytirish choralari, shuningdek, amalga oshirilayotgan va istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildik”, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram kanalida.