O’zbekiston Samarqand va Andijon viloyatlarida yer maydonlari noqonuniy sotilishining oldi olindi

Samarqand va Andijon viloyatlarida yer maydonlari noqonuniy sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Tayloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.P. “X.S.” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 sotix yer maydonini fuqaro G‘.A.ga firibgarlik yo‘li bilan 75 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M-a.” MCHJ brigadiri T.G‘. fuqaro X.A.ga MCHJning 3 gektar yer maydonini 12 000 AQSH dollari evaziga bog‘dorchilik faoliyati uchun rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.