Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi bank filiallaridan biriga qurollangan kishi odamlarni garovga oldi. Bu haqda Qozog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarlarga ko’ra, qurollangan shaxs bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘al va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qilmoqda. Shuningdek, u o‘z talablarini bajarish uchun uch soat vaqt berib, garovga olinganlarni o‘ldirishini aytgan.