O’zbekiston Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan shaxs aniqlandi

Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan shaxs aniqlandi

Andijon shahrida yashovchi B.R Andijon viloyati IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, Andijon shahrida joylashgan oʻziga tegishli boʻlgan savdo doʻkonida boshqa xaridorlar bilan savdo ishlarida chalgʻiganidan foydalanib, kurtkasining choʻntagida boʻlgan 3.500.000 soʻm pullarni nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan.

Tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari mobaynida savdo doʻkoniga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan videotasvir, Andijon viloyati IIB EKM “Shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganida, ushbu oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan shaxs Andijon shahrida yashovchi M.A ekanligi aniqlangan.

Holat boʻyicha fuqaro M.A.dan oʻgʻirlab ketilgan pullar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Hozirda Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.