O’zbekiston Voyaga yetmagan shaxs oʻgʻirlikka qoʻl urdi

Voyaga yetmagan shaxs oʻgʻirlikka qoʻl urdi

2023-yil 9-iyun kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1958-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda nomaʼlum shaxs, yashash uyi oldida qarovsiz qoldirgan narxi 250.000 soʻmlik avtomashina ehtiyot qismlarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilinishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda ota-onasi qaramogʻida yashovchi, 2008-yilda tugʻilgan bola sodir etganligi aniqlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.