Yangiliklar “O‘zgidromet” 18-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 18-iyun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

“O‘zgidromet” 18-iyun, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l xududlarida, ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 42-45 daraja gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.