O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida tadbirkorlik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
Xususan, mamlakatimizga chet el banklarini olib kirish, yangi xususiy banklarni ochishni rag‘batlantirish hamda depozitlarni kengaytirish hisobiga kreditlar uchun resurs bazasi keskin oshirilishi ta’kidlandi.
“Namanganlik tadbirkorlar xususiy bank ochish tashabbusi bilan chiqsa, biz albatta ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muqobil tizimlari joriy qilinadi. Jumladan, Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.