O’zbekiston Farg‘onada erkaklar mushukni tiriklayin yoqib yubordi

Farg‘onada erkaklar mushukni tiriklayin yoqib yubordi

Yovvoyi jonivorga shavqatsiz munosabatda bo‘lgan fuqarolarning shaxsi aniqlandi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar Qaramko‘l qishlog‘ida mushukni vaxshiylarcha tiriklayin yoqib yuborilgan holati Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur huquqbuzarlikni shu qishloqda yashovchi M.A va boshqalar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanildi.

“Fuqarolarimizdan yovvoyi hayvonlarga va tabiatga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishni so‘raymiz”, – deyilgan xabarda.