O’zbekiston Qashqadaryoda uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis...

Qashqadaryoda uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahar hokimligi sho‘ba bosh mutaxassisi A.B. va fuqaro M.T. fuqaro D.D.ga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish masalasini hal qilib berish evaziga 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.