O’zbekiston O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2023-yil 1 iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 807 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni davlatlar kesimida hisoblaganda, ularning asosiy qismini Rossiya tashkilotlari tashkil etgan.

Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya  2 884 ta;
Xitoy  1 823 ta;
Turkiya  1 771 ta;
Qozog‘iston  957 ta;
Janubiy Koreya  703 ta;
AQSH  296 ta;
Tojikiston  250 ta;
Qirg‘iziston  245 ta.