O’zbekiston Namanganda qalbaki dollar saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Namanganda qalbaki dollar saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Namangan shahrida 5 200 AQSH dollari miqdorida soxta valyutalarni saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi A.S. o‘ziga notanish shaxsdan 2 600 AQSH dollariga sotib olgan jami 52 dona qalbaki 100 AQSH dollarlik banknotalarini qayta sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu qalbaki AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.