O‘zbekistonning muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Shvetsiyaning «Cawa Media» nodavlat axborot agentligi asoschisi va rahbari Piter Yoxansson bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida shved jurnalisti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha umumxalq referendumi yakunlari hamda iyul oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari Prezident sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va boy madaniyati, mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar voqealar hamda tadbirlar haqida maqola va materiallarni muntazam chop etish masalasi muhokama qilindi.
«Cawa Media» Shvetsiya va xorijdagi muhim voqealar haqida maqolalar chop etadi. Agentlikning doimiy o‘quvchilari 60 mingga yaqin obunachilardir.