“Real Madrid” Braim Diasni “Milan”dagi 3 yillik ijara muddatidan keyin ortga qaytardi va ommaga tanishtirdi.
“Qirollik klubi” Dias bilan 2027-yil yoziga qadar uzaytirilgan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Dias 2019-yilda “Manchester Siti”dan “qaymoq ranglilar”ga o‘tgan edi. Madridliklar tarkibida u Ispaniya chempioni va Ispaniya kubogi sohibiga aylandi, shundan keyin Italiya jamoasiga ijaraga berildi.
Ispaniyalik 2022/2023 yilgi mavsumda “Milan” klubi bilan Italiya A Seriyasining 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.