O’zbekiston Fargʻonada 314 tup giyohvandlik o‘simligini parvarishlagan shaxs aniqlandi

Fargʻonada 314 tup giyohvandlik o‘simligini parvarishlagan shaxs aniqlandi

2023-yilning 2-iyun kuni Fargʻona viloyati Fargʻona tuman IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2023” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Uning davomida, Gulshan mahalla hududida yashovchi X.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 314 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang”, – deyiladi IIV xabarida.