Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025 yilgacha parallel ravishda muomalada bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlar borasida quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan, ya’ni pullarning nollari qisqartirilmaydi. Sodda qilib aytganda hali pul almashmaydi.