Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Semey o‘rmanı” qo‘riqxonasidagi keng ko‘lamli yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila a’zolari va yaqinlari bilan uchrashdi va ularga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Men bu yerga maxsus hamdardlik bildirish uchun keldim. Bu butun xalqimiz uchun katta fojia. Ushbu qiyin daqiqalarda kuchli bo’ling, qayg’ungizga sherikman. Hukumatga har tomonlama yordam berishni buyurdim, xoh moddiy tomondan bo‘lsin, xoh boshqa.
Afsuski, vafot etganlarni qaytarib bo’lmaydi, lekin hayot davom etmoqda. Biroq bir narsani aniq aytmoqchiman, bu fojiaga aybdor bo‘lganlar qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.
Shu dushanbani umumxalq motam kuni deb e’lon qilaman. Biz siz bilan birga qayg’uramiz, vafot etganlarni eslaymiz. Men sizdan kuchli va xotirjam bo’lishingizni so’rayman”, -deb aytgan mamlakat rahbari.