O’zbekiston O‘zbekiston 4 oyda 7 ta davlatdan muzqaymoq import qilgan

O‘zbekiston 4 oyda 7 ta davlatdan muzqaymoq import qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.

O‘tgan 4 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

Rossiya – 330 tonna

Qozog‘iston – 127,2 tonna

Qirg‘iziston – 16,4 tonna

Litva – 8,6 tonna

Fransiya – 7,4 tonna