O’zbekiston O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegaradagi navbat muammosini yechish uchun 3 ta taklif ilgari...

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegaradagi navbat muammosini yechish uchun 3 ta taklif ilgari surdi

Ikki davlat bojxona idorasi rasmiylari uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston tomoni:

🔸kunduzi ishlovchi “Malik” (O‘zR) – “Sirdaryo” (QR) o‘tkazish punktini sutkalik rejimga o‘tkazish;

🔸haydovchilarning fuqaroligi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish;

🔸“Yallama” (O‘zR) – “B.Konыsbayev” (QR) postlari orqali yuk transportining o‘tkazuvchanligini sutkasiga 700 tagacha kengaytirish taklifini bildirdi.