O’zbekiston SSV: 60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani rostmi?

SSV: 60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani rostmi?

SSV: 60 yoshdan oshganlarga xavfli dorilar tarqatilayotgani — mutlaqo yolgʻon va haqiqatga zid!

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Xitoydan katta miqdorda dori vositalari sotib olgani, tabletka koʻrinishidagi ushbu preparatlar yurtimiz boʻylab 60 yoshdan oshgan aholi vakillariga berilishi, ammo ular inson organizmi uchun xavfli ekani haqida mutlaqo uydirma va haqiqatga zid xabarlar tarqalmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Avvalo, shu kunlarda mamlakatimizga Xitoy davlatidan katta miqdorda dori vositalari olib kelingani haqidagi xabarlar mutlaqo yolgʻon.

Qolavera, bundan 2 yil avval yurtimizda koronavirus pandemiyasi ayni avj olgan ogʻir va murakkab davrda ham internet tarmoqlarida COVID-19 infeksiyasiga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar toʻgʻrisida shu singari haqiqatga zid maʼlumotlar tarqatilgan edi.

Biroq oradan vaqt oʻtib, ushbu xabarlar mutlaqo uydirma ekani maʼlum boʻldi. Aksincha, vaksinalar aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirish, kasallikning oldini olish hamda pandemiyani toʻxtatishda muhim vosita boʻlib xizmat qildi.

Shu maʼnoda aytsak, odamlar orasida turli vahima va xavotir uygʻotish maqsadida tarqatilayotgan bu galgi xabarlar ham boʻxton va safsatadan boshqa narsa emas.