O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev Xitoyda qanday kutib olindi?

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda qanday kutib olindi?

Oʻzbekiston prezidenti va uning rafiqasini koʻhna Sian shahri aeroportida XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, milliy qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbari bugun Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazadi.

19-may kuni Oʻzbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etadi.