Farg‘onadagi qazish ishlarida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan fuqaroni tuproq bosib qoldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Farg‘ona viloyatida ustiga
tuproq ko‘chib tushgan fuqaroni qutqarib qolishdi.
Qayd etilishicha, 16-may kuni soat 11:50 da Farg‘ona viloyati FVB navbatchilik qismiga Yozovon tumani “Yuqori Soybo‘yi” mahallasida bir kishining ustiga tuproq ko‘chib tushgani haqida xabar kelib tushdi.
Bu holat xandaq qazishda xavfsizlik qoidalarining qo‘pol ravishda buzish natijasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv otradlari yetib kelgan.
“Ko‘chib tushgan tuproq bir necha daqiqalarda olib tashlandi. Qayd etish joizki, qutqaruvchilarga voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslar ham yordam ko‘rsatishgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi subpudratchi tashkilot xodimi bo‘lib, xandaq qazish vaqtida xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. U tan jarohatlari olgan bo‘lsada, shifokorlar uning hayotiga hech narsa tahdid solmayotganini qayd etishdi.