🔸Sotsiologlar prezidentlik uchun ikki favoritni koʻrsatmoqda: amaldagi prezident Erdogʻan va birlashgan muxolifat yetakchisi Qilichdoroʻgʻli.
🔸Nomzodlarni qoʻllab-quvvatlash foizi taxminan bir xil, ikkinchi tur ehtimoli yuqori.
🔸Kilichdoroʻgʻli Turkiyaning Gʻarb va NATO bilan munosabatlarini yaxshilash niyatida. Uning soʻzlariga koʻra, u “Turkiya tashqi siyosatini 180 darajaga oʻzgartiradi”. U muxolifatdagi “Respublika Xalq partiyasi”ni boshqaradi.
🔸Uchinchi nomzod Sinan Ogan esa millatchilar alyansi tomonidan ilgari surilgan. U kelib chiqishi chet ellik boʻlgan yagona nomzod: asli ozariy-turk boʻlgan siyosatchi.
Parlament saylovlari haqida nima deyish mumkin?
🔸Sotsiologlarning fikricha, hukmron partiyaning pozitsiyasi uning yetakchisi Erdogʻannikidan kuchliroq.
🔸Ijtimoiy soʻrovlar tahliliga koʻra, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 32,8 foiz, ikkinchi oʻrinda borayotgan Respublika Xalq partiyasi 27,6 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.