O’zbekiston Tezligi 50 km/soatgacha boʻlgan transportlarni boshqarish uchun vaqtincha “prava” talab etilmaydi

Tezligi 50 km/soatgacha boʻlgan transportlarni boshqarish uchun vaqtincha “prava” talab etilmaydi

Prezdiyent qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvarga qadar:

▪️Eng yuqori tezligi soatiga 50 kmdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr dvigatelli 2 yoki 3 gʻildirakli transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilmaydi.

▪️Bu xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan moped, kvadrotsikl, tritsikl, skuter hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni boshqarish uchun ham talluqli.