Prokuratura Mahalla raislariga noqonuniy topshiriq bergan Pastdargʻom tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi...

Mahalla raislariga noqonuniy topshiriq bergan Pastdargʻom tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdargʻom tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Tohir Qosimov “Mening loyiham”ga ovoz berishda mahalla raislariga bosim oʻtkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Samarqand viloyat hokimligida bugun oʻtkazilgan yigʻilishda T.Qosimov ishdan olingani aytildi. Shuningdek, yigʻilishda barcha rahbarlar qatʼiy ogohlantirilib, Prezidentning 2023-yil 10-apreldagi qarori mazmun-mohiyati yana bir bora tushuntirildi.