Mirziyoyev kecha Germaniya prezidenti bilan ushbu koʻrgazmani ochib berdi.
Koʻzgazma Jeyms Simon galereyasidan joy oldi va kelasi yilning 14-yanvariga qadar davom etadi.
Berlin muzeylari toʻplamlaridan 65 ta va Oʻzbekiston muzeylari toʻplamlaridan 285 ta eksponat namoyishga qoʻyilgan.
Ularning koʻpi Oʻzbekiston tashqarisida ilk bor koʻrsatilmoqda.
Ushbu koʻrgazma uchun Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida 50 ga yaqin eng qimmatli osori-atiqalar restavratsiya qilindi.
Shundan soʻng davlat rahbari tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi.