Ichki ishlar Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi – Ombudsman

Talaba qizni taʼqib qilgan bezori jarimaga tortildi – Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz nomaʼlum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qoʻrqitib bezovta qilinayotgani boʻyicha murojaat qildi. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning yozishicha, yigit uni va dugonalarini koʻp bora bezovta qilgan, Hattoki, onasini oʻldirish bilan ham qoʻrqitgan.

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan birgalikda koʻrib chiqildi.

Olib borilgan oʻrganishlar davomida, murojaatchini qoʻrqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi.

2023-yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar boʻyicha Chortoq tuman sudining tegishli qaroriga koʻra, 1991-yilda tugʻilgan A.O.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi toʻgʻrisida tilxat olindi.