Ichki ishlar Qamchiqda DAF yuk mashinasi beton toʻsiqqa urilib agʻdarildi

Qamchiqda DAF yuk mashinasi beton toʻsiqqa urilib agʻdarildi

Bugun, 22-aprel kuni soat 06:22 larda A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismidan oʻtgan 269,4 kilometrida “DAF” rusumli yuk avtomobili “Toshkent-vodiy” yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yoʻqotib, oʻrta temir toʻsiqqa urilgan va shu harakat yoʻnalishidagi “DAMAS” rusumli avtomashina yuk mashinasidan qochish oqibatida handaqqa tushib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etmoqda.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va 2 nafar “Damas” avtomobilidagi yoʻlovchilar tan jarohati olib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Halok boʻlganlar yoʻq.