O’zbekiston Rossiya oʻzbekistonlik fermerlarga hosildorlikni oshiruvchi texnikalarni taqdim etdi

Rossiya oʻzbekistonlik fermerlarga hosildorlikni oshiruvchi texnikalarni taqdim etdi

Rossiyaning “Pegas-Agro” kompaniyasi vakillari oʻzbekistonlik fermerlarga “Tuman” oʻziyurar mashinalarini koʻrsatishdi.

“Texnika rossiyalik aviatsiya muhandislari tomonidan innovatsion ishlanmalar bilan ishlab chiqarilgan. U juda yengil va oʻsimliklarga zarar yetkazmaydi. Mashina gʻildiraklarining tuproqqa bosimi odam qadami bosimidan kamroq”, – deydi Rossiya biznes-diplomatiya fondi rahbari Mixail Panchenkov.

2013-yilda Oʻzbekistonda ana shunday 4 ta dastlabki ishlab chiqarilgan texnikalardan foydalanish boshlagan. Bu safar yangilangan modellar, jumladan, uchuvchisiz texnologiyalar ham keltirilgan.