Markaziy bank 2022-yilning 26-dekabridan boshlab nominal qiymati 1000 soʻm boʻlgan tanga koʻrinishida pul belgilari muomalaga chiqarilishini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nominal qiymati 1000 soʻm boʻlgan tanga koʻrinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat boʻlib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.
Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan.