Sud-huquq Muzrabot tuman ETK va suv taʼminoti korxonasidagi qonunbuzilishlar fosh etildi

Muzrabot tuman ETK va suv taʼminoti korxonasidagi qonunbuzilishlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJning Muzrabot tuman boʻlimiga qarashli Suv taʼminoti boʻlimida suv nasoslari elektr hisoblagichsiz elektr tarmogʻiga ulanganligi oqibatida 129,7 mln soʻm zarar yetkazilganligi, oʻz navbatida tuman ETK tomonidan ushbu holat aniqlanganiga 3 oydan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa-da, yetkazilgan zararni undirish choralari koʻrilmaganligi, bundan tashqari, tuman ETK boshligʻi A.B. va boshqalar hududda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning elektr energiyasidan 263,7 mln soʻmlik muddati oʻtgan debitorlik qarzdorliklarini undirish choralarini koʻrmasdan davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi boʻlganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 205-moddasi va (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.